Archidizcarver StudioToshkent, O'zbekistonA.D.C / Scale 1:10
Yoritilgan devor panellari va marmar oroli bilan zamonaviy oshxona interyeri
Maqola1 daqiqa o'qish

Interyerda arxitekturaviy yondashuv nimada namoyon bo'ladi?

Barcha maqolalar

Mening yondashuvimda interyer — bu shunchaki shakllar, materiallar va dekorativ elementlar yig'indisi emas, balki makon hajmi, geometriya, chiziqlar va yorug'likning o'zaro ta'siri orqali shakllanadigan yaxlit arxitekturaviy kompozitsiyadir.

Men uchun arxitekturaviy yondashuvning mohiyati ham shunda: shaklni uning geometriyasi, proporsiyasi, materiali va yorug'lik bilan munosabati orqali makonning yaxlitligini shakllantirish. Aynan shu o'zaro bog'liqlik interyerga plastik ifodalilik, fazoviy chuqurlik va o'ziga xos hissiy ta'sir bag'ishlaydi.